• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida oliy texnik ta’lim istiqbollari” mavzusidagi anjuman o‘z ishini boshladi

Unda Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev boshchiligida tashrif buyurgan 15 ga yaqin muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va O‘zbekiston tomonidan 35 ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari qatnashmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev ochib berdi.

Konferensiyada  yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun   akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasida universitetlararo loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish lozimligi qayd etildi. Qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov  magistratura, aspirantura va doktoranturada ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi. 

  • Share :