Namangan shahrining yo‘l transport infratuzilmasi Bosh rejasini ishlab chiqish
2025 yil 19 fevral kuni Transport fakulteti “Yo‘l harakati xavfsizligi va muhandisligi” kafedrasi tomonidan bajarilayotgan “Namangan shahrining yo‘l transport infratuzilmasi Bosh rejasini ishlab chiqish” muhandislik xizmatini ko‘rsatish loyixasining ekspert hamkori, “Simetra” kompaniyasining jamoat transporti faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh eksperti Valdin Vladimir Vladimirovich tashrif buyurdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Namangan shahri jamoat transporti faoliyati, shahardagi muammoli chorrahalar, bosh bekatlardagi vaziyat o‘rganildi. Professor-o‘qituchilar bilan zamonaviy shaharsozlikdagi transport yechimlari, jamoat transporti va bekatlarni qurishdagi fuqarolarga yaratiladigan qulayliklar, zamonaviy yechimlar va transport oqimlarini boshqarishdagi intellektual tizimlar haqida qiziqarli davra suxbati o‘tkazildi. Kelajakdagi hamkorlik bo‘yicha kelishib olindi.