• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Joriy yilning 10-12-mart kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersport arenasida CS:2 yoʻnalishi boʻyicha musobaqa oʻtkaziladi

      “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondining 2025-yil 30-yanvardagi №520/25-sonli xatiga asosan joriy yilning 10-12-mart kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersport arenasida CS:2 yoʻnalishi boʻyicha musobaqa oʻtkazilishi rejalashtirilganligi, mazkur musobaqada talaba-yoshlarni jalb qilinishida amaliy yordam soʻralgan. 

      CS:2 Yuqoridagilarni inobatga olib, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersportning yoʻnalishi boʻyicha qiziqishi boʻlgan talaba-yoshlarni 2025-yil 20-fevralga qadar “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi masʼul xodimiga SH.Sharobiddinov (935967497, 971952535, 998884446) ishtirokchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarini yuborishingiz soʻraladi. 

       Shu bilan birga, CS:2 yoʻnalishi boʻyicha qiziqishi boʻlgan talaba-yoshlarni xabardor qilish maqsadida OTMlarini talaba-yoshlari oʻrtasida targʻibot qilish hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishingizni soʻraymiz.

  • Share :