Institutda talabalar o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi
Tanlov 4-dekabr kuni soat 15:00 da institut 1-binosi Axborot resurs markazida boshlanadi.
Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi:
-mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
-ijodiy ishlarning stilistik va Grammatik jihatdan to‘g‘ri yoritilganligi;
-mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar;
-mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
-mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi
Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi-jami 50ball.
Ishtirok etish uchun fakultetingizni YoBIB dekan o'rinbosariga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish uchun esa @M_Mexmonaliyev ga murojaat qiling!
Tanlov yakunida 1,2,3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar institut rektorining faxriy yorlig‘i hamda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi.