Hindistonning Dehli shahrida NamMQI delegatsiyasi ishtirok etayotgan xalqaro anjuman boshlandi
Konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi elchisi Sardor Rustambayev qatnashib, anjuman ishtirokchilarini samimiy tabrikladi.
NamMQI vakillari xalqaro konferensiyada oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etmoqda.
Jumladan, Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Ozoda Abdullayeva “Shahzodaning yoʻli”, oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Saida Abdullayeva “Dara Shikohning madaniy va diniy sinergiya orqali birlikka intilishi”, xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi Kamoliddin Xoʻjayevning “Hinduizm va islomning haqiqat talabidagi mushtarak jihatlari” mavzusidagi maʼruzalari savol-javob va bahslarga boy boʻldi.
Maʼruza mualliflari anjuman tashkilotchilari tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Xalqaro anjumanda qatnashayotgan NamMQI professor-oʻqituvchilari Hindistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida tashkil etilgan adabiy-badiiy kechada ishtirok etdi.