Transport vaziri institut Transport fakultetida ochiq muloqot oʻtkazdi
Institut Transport fakultetida Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi ishchi guruhning Namangan viloyatidagi milliy tashuvchilar — korxona rahbarlari va vakillari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Xususan, milliy tashuvchilar extiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma blankalari maxsus formula orqali qay tartibda taqsimlanishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.
Shundan soʻng tashuvchilar duch kelayotgan muammoli vaziyatlar har bir korxona kesimida birma-bir koʻrib chiqildi.
Uchrashuv davomida tashuvchi korxona vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.