• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport vaziri institut Transport fakultetida ochiq muloqot oʻtkazdi

Institut Transport fakultetida Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi ishchi guruhning  Namangan viloyatidagi milliy tashuvchilar — korxona rahbarlari va vakillari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.

Xususan, milliy tashuvchilar extiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnoma blankalari maxsus formula orqali qay tartibda taqsimlanishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Shundan soʻng tashuvchilar duch kelayotgan muammoli vaziyatlar har bir korxona kesimida birma-bir koʻrib chiqildi.

Uchrashuv davomida tashuvchi korxona vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob olishdi.

  • Share :