NamMQI rektori Namangan davlat pedagogika institutida “Iftixorlar maskani”ning ochilish marosimida ishtirok etdi
Namangan davlat pedagogika institutida “Iftixorlar maskani”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur maskan “Maʼrifat iftixorlari”, “Ilm-fan iftixorlari”, “Oliy taʼlim iftixorlari”, “Maktab taʼlimi iftixorlari” kabi 4 ta boʻlimdan iborat boʻlib, ularda viloyatda tugʻilib-oʻsgan ilm-fan va taʼlim fidoyilari, olimlar va akademiklar haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Marosimida institut rektori Bahodir Husanov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Appaqov va Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev soʻz olib, “Iftixorlar maskani”ning ahamiyati va yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.