• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ayollarga qarshi tazyiq va zo‘ravonlik—qadriyatlarimizga zid illat

Avval xabar berilganidek, Namangan muhandislik-qurilish institutida NamMQI media markazi va institut xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan ayollarga qarshi tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  

Davra suhbatini institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev ochdi va olib bordi.

2022-09-15 11.54.43
 

Tadbirda viloyat hokimligi bosh mutaxassisi Ibrohim Saydullaev, Namangan shahar bosh imom-xatibi Musoxon Abbosiddinov, NamMQI yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov, NamMQI rektorining maslahatchisi Anvarjon Nishonboev, institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sohiba Otamirzaeva, Namangan shahar IIO FMB katta inspektori, mayor Gulnoza Hasanova, "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi xodimi Otabek Hasanov, psixolog Dilorom Turg‘unboevaning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
2022-09-15 11.54.46

Ta’kidlanganidek, ayollarga qarshi tazyiq va zo‘ravonlik ko‘rinishlari ijtimoiy tarmoqlarda asosiy mavzulardan biriga aylanib qoldi. Bunday noxush, milliy va islomiy qadriyatlarga zid  illatga barham berish bugungi kunning dolzarb va kechiktirib bo‘lmas vazifalaridan sanaladi.

NamMQI media markazi

  • Share :