"Yoshlar oyligi" talaba-yoshlarni birlashtirmoqda
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti koordinatori Jasurbek Rustamov boshchiligidagi bir guruh volontyor yoshlar tomonidan aksiya oʻtkazildi.
Fakultet tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Oliygohim-ikkinchi uyim” deb nomlangan aksiya bu safar "Oliygohni asraymiz" shiori ostida tashkillandi.
Aksiya davomida yoshlar tomonidan institut hududi va xonalar keraksiz chiqindilardan tozalanib, aksiyani har kuni har kim amalga oshirishi mumkinligini taʼkidlovchi chellenj ham tashkillandi.
Anʼanaviy "Yoshlar oyligi" doirasidagi loyihalar davom etmoqda...