Yoshlar koʻchma “Sheʼriyat teatri”ni tashkil etib
Shuningdek, yoshlar koʻchma “Sheʼriyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslari ilgari surildi.
Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda oʻqish uchun qanday strategiya tuzish boʻyicha yoshlarimizni oʻrgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish va boshqa takliflar ham bildirildi.
Prezident muloqot chogʻida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur oʻrganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.