“Yoshlar huquqiy sayli” tadbirida institut koʻrgazmasi tashkil etildi
Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Yoshlar huquqiy sayli” boʻlib oʻtmoqda.
Yoshlarni siyosiy-huquqiy faolikka chaqirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir doirasida mexnat yarmarkasi, saylov qonunchiligiga oid targʻibotlar, adliya sayyor xizmatlari, sport musobaqalari, shou-dasturlar va viktorinalar boʻlib oʻtmoqda.
“Yoshlar huquqiy sayli”da Namangan muhandislik-qurilish instituti ham oʻzining koʻrgazmasi va talabalari bilan faol ishtirok etmoqda.
NamMQI media markazi