• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Xalqaro jurnallar uchun maqolalar tayyorlash bo'yicha vebinar o'tkazildi

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan yetakchi ma'lumotlar bazalaridan biri bo'lgan "ELSEVIER" kompaniyasi  bilan hamkorlikda vebinar o'tkazildi.

Vebinar "ELSEVIER" kompaniyasining ilmiy tadqiqot yechimlari bo'yicha maslahatchisi Anton Degtev tomonidan olib borildi.

Tadbir doirasida "Science Direct" va "Scopus" yordamida ilmiy adabiyotlarni izlash va tanlash, xalqaro jurnallar va ularning reytingi, jurnal muharrirlarining maqolalar tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalari, maqola tayyorlash etikasiga oid  tavsiyalar, ma'lumotlar va ko'rsatmalar bilan tanishtirildi.

Vebinarda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev va bir guruh doktorantlar ishtirok etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :