Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bogʻlarida mehnat yarmarkalarini oʻtkazish topshirildi
Bu orqali vakant oʻrinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.Yoz oylarida “qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish muhimligi qayd etildi.
Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga oʻqitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.