• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Talabalar turar-joyidagi ta'mirlash va jihozlash ishlari qisqa muddatda yakunlanishi zarur”

Viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jaev institutning Islom Karimov ko‘chasida joylashgan talabalar turar-joyida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari va yangi o‘quv yiliga hozirlik bilan tanishdi.

Hokim o‘rinbosariga Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Abdulahad G‘afforov, Yangi Namangan tumani hokim o‘rinbosari A'zamjon Isaqov, institut rektori, prorektor va dekanlar hamrohlik qildi.

G‘ulomjon Murodxo‘jaev yotoqxonadagi ta'mirlash ishlarini yanada jadallashtirish, qurilish materiallari sifatiga alohida e'tibor berish, talabalarga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Talabalar turar-joyidagi ta'mirlash va mebellar bilan jihozlash ishlari joriy yil 10 avgustiga qadar yakunlanishi zarurligi ta'kidlandi.

  • Share :