Shavkat Mirziyoev pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta'kidlandi.
2025 yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Attestasiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.
Taqdimotda Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish taklifi ham muhokama qilindi.