Senator va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Yoshlar oyligi doirasida bugun Oliy majlis senati a’zosi, yoshlar parlamenti vakillari hamda yoshlar ishtirokida "Senator va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan viloyatidan saylangan senator Ikromxon Najmiddinov, Oliy majlis huzuridagi yoshlar parlamenti a’zolari va yoshlar siyosati sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilot mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni haqida so‘zladilar.
Shuningdek, samimiy kechgan uchrashuvda yoshlar tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.
Uchrashuvda institut yetakchisi Diyorbek Soataliyev boshchiligidagi bir guruh iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.