• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Prezident sohadagi muammo va yechimlarga to‘xtalib o‘tdi

Yurtimizda yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, ularda 150 ming atrofida ish o‘rni yaratilmoqda. Shundan 35 mingtasi texnika yo‘nalishida.

Hozirda 36 ta davlat oliygohida ushbu yo‘nalishda 264 ming bakalavr, 3 ming magistr o‘qimoqda. Yiliga 67 ming nafar talaba bitirmoqda.

Lekin, texnika oliygohlarida yo‘nalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas. Masalan, Davlat texnika universitetidagi 76 ta bakalavr yo‘nalishidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakchi xorijiy texnika oliygohlarida o‘qitilmaydi.

Oqibatda muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishida ishlamayapti.

  • Share :