• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Prezident Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi

Joriy haftada davlat rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, hafta davomida Prezident davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.

  • Share :