“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi
Joriy yil 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni imzolangan edi. Ushbu hujjatda pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilab berilgan.
Namangan muhandislik-qurilish institutida ushbu qonun muhokamasi va targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Uni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochdi va olib bordi.
Tadbir davomida qonunda belgilab berilgan pedagoglarning huquq va imtiyozlari, ularga nisbatan qoʻllash man etilgan holatlar toʻgʻrisida soʻz bordi.
Ushbu hujjat pedagogik jamoalarda keng targʻib etilishi, unda koʻrsatilgan norma va qoidalarga amal qilish zarurligi taʼkidlandi.
NamMQI media markazi