“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi
Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'ladi.
Qonunga ko'ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
•pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
•pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
•pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.
Manba: O'RQ–901-son, 01.02.2024-y.