Davlatobod tumanidagi Atour mehmonxonasida viloyat ichki turizm yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazma viloyatda mavjud turizm ob'ektlariga aholini keng jalb etish, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash, turoperator va turagentlarni iste'molchilarga tanitish maqsadida tashkil etilgan.