• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIga biriktirilgan yoshlar muammolari hal etilmoqda

Namangan muhandislik-qurilish institutiga biriktirilgan Yangiqoʻrgʻon tumanining G'ovazon mahallasida istiqomat qiluvchi profilaktik hisobda turuvchi yoshlardan To'ychivoy Ibrohimov institut rektori bilan uchrashuvda dehqonchilik bilan shug'ullanishini bildirib,  qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ekish uchun uskuna so'ragan edi.

Uning istaklaridan kelib chiqib, joriy yil 3-iyun kuni rektor topshirig'i bilan birinchi prorektor Odiljon Jakbarov boshchiligida mas'ullar To'ychivoyning  yashash xonadonida bo'lib, unga ekin ekish uskunasi sovg'a qilindi.

  • Share :