NamMQI vakillari Turkiyadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda
NamMQI vakillari Turkiyaning Izmir shahrida oʻtkazilayotgan Inclusive Education in Multicultural Classrooms mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli anjuman Yevropaning ERASMUS loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Konferensiya davomida Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Abdurahim Qahharov boshchiligidagi delegatsiya vakillari maʼruzalari bilan chiqishlari rejalashtirilgan.