• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Katta Fargʻona kanali GES” bilan tanishdi

Institutning Energetika va Qurilish fakultetlari talabalari rektor, prorektor, fakultet dekanlari va professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda Uchqoʻrgʻon tumanida boʻlib, “Katta Fargʻona kanali GES” bilan tanishdi.

“Oʻzbekgidro” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshligʻi Muhammad Otaxonov mazkur inshoot haqida batafsil maʼlumot berdi.  

“Katta Fargʻona kanali GES”ning birinchi navbati 2019-yilda ishga tushirilgan boʻlib, jami 12 megavatt quvvatga ega va yiliga 72,89 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu bilan tumandagi 48 ming xonadonga uzluzsiz energiya yetkazib beriladi.

Talabalar mutaxassislar hamrohligida GES bilan toʻliq tanishish va nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻldi.

NamMQI media markazi

  • Share :