NamMQI talabalari Uchqo‘rg‘on tumanidagi GESlar kaskadi qurilishi bilan ham tanishdi
Uchqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan Katta Andijon kanalida ham “O‘zbekgidro” aksiyadorlik jamiyati tomonidan GESlar kaskadi qurilishi olib borilmoqda.
Institut talabalari professor-o‘qituvchilar va jamiyat mutasaddilari hamrohligida ushbu ob'ektda ham bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
GESlar kaskadini barpo etayotgan quruvchilar bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ob'ekt ishga tushganidan so‘ng hosil bo‘ladigan energiya quvvati haqida batafsil ma'lumot berdi.