NamMQI jamoasi “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi bayram tadbirida faol ishtirok etdi
Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirok etib, yigʻilgan minglab qatnashchilarni tobora yaqinlashayotgan sana — Yoshlar kuni bilan qutladi.
Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etdi. Transport fakulteti 3-kurs talabasi, institut radioboshlovchisi Nilufar Gʻolibjonova eng faol yoshlar qatorida viloyat hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovgʻasi bilan taqdirlandi.
Bayram dasturi “Bojalar”, “Benom” guruhlari, “Bravo” jamoasi, Shohruh repper va Shohruhxon ishtirokidagi gala-konsert bilan davom etdi hamda mushakbozlik bilan yakunlandi.
NamMQI media markazi