NamMQI huzuridagi akademik litsey bitiruvchilariga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi
2023/2024 oʻquv yilida akademik litseyni 224 nafar oʻquvchi bitirmoqda. Ulardan 16 nafari IELTS sertifikatlari, 71 nafari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarga ega.
Hozirgi kunga qadar bitiruvchilarning 90 foizi xorij va respublikadagi oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilgan sinovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, talaba boʻlishga ulgurdi.
Jumladan, ularning 80 nafardan ziyodi Rossiya, 9 nafari Yaponiya, 7 nafari Buyuk Britaniya, 6 nafari Janubiy Koreya, 3 nafari AQSH va 3 nafari Polshadagi oliy taʼlim muassasalari talabalari boʻldi.
Litsey bitiruvchilariga bagʻishlangan tantanali tadbirda institut rektori Sharifjon Ergashev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Qahramon Inoyatov ishtirok etdi.
Oʻquvchilardan eng faollari va ularning ustozlariga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.