NamMQI dotsenti Orolda tadqiqot ishlarini olib bormoqda
Institut Elektr energetika kafedrasi dotsenti Dilshod Yusupov Oʻz FA qoshidagi Energetika muammolari intituti professori, texnika fanlari doktori Ashraf Muhammadiyev bilan hamkorlikda Orolboʻyida dastlabki tadqiqot ishlariga kirishdi.
Ushbu tadqiqot ishlari Orol dengizi tubini koʻkalamzorlashtirish maqsadida universal agrotexnika va texnik anjomlar ishlab chiqishga bagʻishlangan loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.