• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutiga Xitoyning Shandun provinsiyasi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya keldi

100 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Shandun Xitoyning iqtisodiyot boʻyicha uchinchi provinsiyasi boʻlib, yalpi ichki mahsuloti 1,3 trillion dollarga teng.

Shuningdek, Shandunda  taʼlim sohasi ham rivojlangan boʻlib, provinsiyada 150 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari joylashgan.

Taʼlim, texnologiyalar, turizm, energetika, elektronika va mebel sanoati vakillaridan iborat delegatsiyani institut prorektorlari Muhammadjon Dadamirzayev va Qahramon Inoyatov boshchiligidagi mutasaddilar kutib oldi va institut bilan tanishtirdi.

Muzokaralar davomida Shandun bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, provinsiyaning salohiyat va imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari koʻrib chiqildi hamda dastlabki kelishuvlarga erishildi.
 

  • Share :