• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti 45 yoshda!

Qutlug‘ sana munosabati bilan bugun viloyat madaniyat markazida tantanali tadbir o‘tkazildi.

1 oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida o‘tkazilgan marosimda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, sobiq bitiruvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik so‘zida institutning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi o‘rnini alohida e'tirof etdi.

Shundan so‘ng bir guruh ustozlarga viloyat hokimining "Faxriy yorliq"  hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Namangan viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.

Marosim bayram tadbiriga ulanib ketdi.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.

  • Share :