Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani ijara xonadonda yashayotgan talabalardan xabar oldi
Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani Nozimjon Ortiqov va institut profilaktika inspektori Sirojiddin Sherqoʻziyev Mingchinor mahallasidagi xonadonda yashayotgan fakultetning bir guruh talabalaridan xabar olindi.
Talabalarga xonadonda yaratilgan imkoniyatlar, ularning yashash sharoitlari koʻzdan kechirildi. Ularning oʻqish jarayonlari bilan bogʻliq fikrlari oʻrganildi.
Yoshlar yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalari hamda yoʻriqnomalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish, turli ijtimoiy-siyosiy tadbirlardan faol boʻlishga targʻib etildi.