Institutda stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun suhbatlar boshlandi
Namangan muhandislik-qurilish institutida 2025-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun suhbatlar boshlandi.
Suhbat jarayonlaridan oldin masʼullar tomonidan sinovlar bilan bogʻliq zarur tushuntirish va izohlar berib oʻtildi.
Maʼlumot uchun, institutda 9 ta ixtisoslik boʻyicha stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka suhbat boʻlib oʻtadi.