“Mahallamning faol tadbirkori va innovasion tafakkur” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Yozgi ta’til arafasida talabalarning bo‘sh vaqtini foydali ishlarga yo‘naltirish, talabalarga yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasida mahallalarda yartilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berish maqsadida Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti tashabbusi bilan “Mahallamning faol tadbirkori va innovasion tafakkur” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda mavzu bo‘yicha fakultet dekanining o‘rinbosari Anvarjon Dehqonovning ma’ruzasi hamda videolavha namoyish etildi.
Tadbirda mavzu bo‘yicha talabalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.