Institutda sud vakillari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Institutda fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining raisi T.Madrahimov boshchiligidagi sudyalar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatining asosiy mavzusi korrupsiya va unga qarshi kurash uslublari boʻldi. Bu borada mamlakatda olib borilayotgan siyosat, qoʻlga kiritilgan natijalar va amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolik ishlari sudlarida koʻrilayotgan ishlar, sud mojarolariga sabab boʻlayotgan holatlar, sayyor qabul va uchrashuvlar haqida soʻz bordi.
Yakunda fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudi sudyalari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdi