Institutda muhandis kadrlar tayyorlashdagi ustuvor vazifalar bo‘yicha Prezident videoselektori muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Institutda muhandis kadrlar tayyorlashdagi ustuvor vazifalar bo‘yicha Prezident videoselektori muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Prorektorlar, maslahatchilar, dekanlar, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etgan yig‘ilishni institut rektori ochdi va olib bordi.
Rektor o‘z chiqishida davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan asosiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi, texnika oliygohlarida yo‘nalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talabiga mos emasligi, buning oqibatida muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishida ishlamayotgani misol sifatida keltirib o‘tilgani ta'kidlandi.
Institutda ushbu videoselektordan kelib chiqib amalga oshiriladigan keng ko‘lamdagi islohotlar muhokama qilindi. Ularning mas'ullari belgilanib, tez orada aniq reja bilan ish boshlashlari zarurligi qayd etildi.
Ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalarni yanada mustahkamlash zarurligi, xususan, talabalar amaliyotiga alohida e'tibor qaratish zarurligi bildirildi.