Institut xodimasining xonadoni yoʻqlandi
Hayit bayramlari arafasida faxriylar va bemorlarni yoʻqlash institutda anʼanaga aylanib qolgan. Qurbon hayiti oldidan ushbu yoʻqlovlar davom etmoqda.
Institut birinchi prorektori boshchiligidagi mutasaddilar xizmat koʻrsatuvchi xodimalardan Zulfiya Mamadiyeva xonadoni mehmoni boʻldi.
Zulfiya Mamadiyeva anchadan beri betobligi sababli davolanishda edi. Undan hol-ahvol soʻralib, jamoaning salom va sovgʻalari yetkazildi. Hayit ayyomi bilan qutlab, xonadonga fayz-baraka tilandi.
NamMQI media markazi