Energetika samaradorligi ta'minlanmoqda
NamMQI “Energetika muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida o‘tkazilgan elektr tarmoqlarida energiya yo‘qotilishlarini kamaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Shirinlik” podstansiyasida faoliyat olib bormoqda.
Institut ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori M.Dadamirzaev, Energetika va mehnat muhofazasi fakul'teti dekani R.Soliev, Energetika muhandisligi kafedrasi mudiri F.Sharipov podstansiyaga borib, jarayon bilan yaqindan tanishib chiqdi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali mutaxassislari bilan birgalikda energiya samaradorligini ta'minlash va tarmoqlardagi yo‘qotishlarni oldini olgan holda tejamkorlik va oqilona hisob-kitobni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Podstansiyada ishchi guruhlar tuzilgan bo‘lib, hozirgi kungacha bo‘lgan natijalar tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar bo‘yicha kelishib olindi.