DIQQAT, MUHIM YANGILIK!
O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan muddatli harbiy xizmatni oʻtab, toʻlov-shartnoma (kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan talabalar uchun 35 % miqdordagi moddiy imtiyoz pullari institut balansiga kelib tushganini ma’lum qilamiz.
Namangan muhandislik-qurilish institutida tahsil oluvchi shunday 15 nafar talabaning 35% miqdordagi jami 37 mln 981 ming soʻm shartnoma pullari qoplab berildi.
Siz uchun qulay bo'lgan vaqtda institut buxgalteriyasidan o‘z hisobingizni tekshirtirib olishingiz mumkin.
✔️ 35% miqdordagi kontrakt pullari qoplab berilgan talabalar roʻyxati. (https://online.fliphtml5.com/evkqa/ubcn/)