• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yoshlar bandligini ta’minlash bugungi kun talabi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-aprel kuni “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “Ekologiya va mehnat muhofazasi”, “Kimyoviy texnologiya” hamda “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedralarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar Chortoq, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida institut tomonidan tumanlarda tashkil etiladigan ko‘rgazmali maydonda bog‘dorchilik, sabzavotchilik, moyli ekinlar, ozuqa yem hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berish bo’yicha amaliy seminarlar tashkil etishga kelishib olindi.
 

  • Share :