O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta’lim forumi doirasida 70 ga yaqin hujjat imzolandi
Forumning sho‘ba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida B2B shaklida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi va rektorlar ishtirokida bir qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida hujjatlar imzolandi.
Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev tomonidan ham forumda turkiyalik hamkorlar bilan bir qator kelishuv hujjatlari imzolandi. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.