• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

OSH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN TALABALAR UCHUN DARS MASHG‘ULOTLARI

Osh Texnologiya Universiteti o‘qituvchilari, dotsentlar Jaloldinov Musobek Muborakovich hamda Teshayev Erkin Abdurahmonovichlar tomonidan Yo‘l muhandisligi kafedrasining bitiruvchi kurs talabalariga dars mashg‘ulotlari o‘tildi. Dars jarayonining mavzusi, yurtimiz va Qirg‘iziston Respublikasi avtomobil yo‘llarining holati, yutuq va kamchiliklari, avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish jarayonida foydalanib kelinayotgan me’yoriy hujjatlarining o‘xshashlik tomonlari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
 Talabalarni mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollariga dotsentlar tomonidan javoblar berildi. Dars jarayoni talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

  • Share :