• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qildi

Qurilish fakulteti binosida “Qurilishda innovatsiyalar, binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Anjumanni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Muhammadjon Dadamirzayev ochib berdi. Professor Sohibjon Razzoqov va  doktorant Matluba Qoriyeva tadbirda ingliz va rus tillarida moderatorlik qildi.

Konferensiyada AQShning Berkli universiteti eksperimental laboratoriyalar boshqaruvchisi Shahzod Tohirov, Oʻsh texnologiya instituti professori Muxtorali Oʻrozbekov, Novosibirsk davlat arxitektura va qurilish universiteti prorektori Natalya Sineyeva, Fargʻona politexnika instituti professori Ibrohim Abdullayev, Toshkent davlat transport universiteti dotsentlari Neʼmatjon Muhammadiyev va Jamila Abdullayeva, NamMQI tadqiqotchilari Akbar Abdunazarov va Ravshan Mavlonovning  maʼruzalari tinglandi.

Shundan soʻng konferensiya ishi shoʻbalarga boʻlingan holatda davom etdi.

  • Share :