Institut mutasaddilari Bahromjon Xolmirazev xonadonini yoʻqladi
Institut mutasaddilari Bahromjon Xolmirazev xonadonini yoʻqladi
Institut rektori boshchiligidagi mutasaddilar Uychi tumanida boʻlib, Xoʻjalik boʻlimi muhandisi vazifasida mehnat qilgan Bahromjon Xolmirazev xonadonini yoʻqladi.
Bahromjon Xolmirzayev institutdagi faoliyatini 1990-yilda boshlagan va uzoq vaqt davomida bosh muhandis, xoʻjalik boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Hozirda oilasi bagʻrida salomatligini tiklamoqda.
Rektor va uning hamrohlari Bahromjon Xolmirzayevni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, institut jamoasining eng ezgu tilaklarini bildirdi.