NamMQI moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Fayzulla Qorayev ishtirokida brifing oʻtkazildi
Prorektor brifing davomida institut talabalari uchun barpo etilayotgan 12 qavatli turar-joy qurilishi reja asosida davom etayotgani va ushbu binoni barpo etishda eng zamonaviy texnologiyalar qoʻllanayotganini maʼlum qildi.
Hozirda qurilish hajmining qariyb 50 foizi bajarilgan boʻlib, yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar yakunlash choralari koʻrilmoqda.
Institut 1-talabalar turar-joyida zamonaviy liflar oʻrnatilib, ishga tushirish uchun shay holatga keltirildi. Talabalar uchun yangi maishiy texnika toʻplamlari xarid qilindi.
Shuningdek, talabalarning maroqli dam olishlarini taʼminlash uchun zarur choralar koʻrilmoqda.