NamMQI jamoasi “Ona” spektaklining ilk tomoshabinlaridan boʻldi
Viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Shuhrat Rizayev asari asosida sahnalashtirilgan “Ona” spektakli namoyishi boʻlib oʻtdi. Rektor boshchiligidagi institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ushbu spektaklning ilk tomoshabinlaridan boʻldi.
Spektaklda oʻgʻliga boʻlgan muhabbati va yurt oldidagi burchi oʻrtasidagi mushkul sinov qarshisida qolgan onaizor haqida hikoya qilinadi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mehri Abdullayeva ijrosidagi ushbu obraz hech kimni befarq qoldirmadi.
Tomoshabinlar teatr aktyorlari yuksak mahorat bilan talqin etgan sahna asari yakunini gulduros qarsaklar bilan qarshi oldi. Ularga minnatdorlik ramzi sifatida guldastalar taqdim etildi.
NamMQI media markazi