NamMQI huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/01.04.2023.T.90.02 raqamli ilmiy kengashda ilk bor himoya oʻtkazildi
Himoya institutning 7-binosi Qurilish fakultetida boʻlib oʻtdi.
Unda izlanuvchi Shoirjon Qoʻziboyev “Qurilish materiallari va buyumlari ixtisosligi” yoʻnalishi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Mahalliy sanoat chiqindilari asosida olingan gipsli kompozitsiyalarini strukturasi va xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qildi.
Ilmiy kengashning ilk himoyasida institut rektori Sharifjon Ergashev ishtirok etdi.