Namanganda 1000 oʻrinli talabalar turar joyi yangi oʻquv yilida foydalanishga topshiriladi
Namangan shahridagi Islom Karimov koʻchasida Namangan muhandislik-qurilish institutining davlat-xususiy sheriklik asosidagi 12 qavatli yangi talabalar turar-joyi binosi qurilmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bugun ushbu binodagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Hozirda mazkur inshootning oltinchi qavati qurib bitkazilmoqda.
Vazir institut mutasaddilari va quruvchilar bilan muloqotda boʻldi. Jarayonni jadallashtirish va talabalarga qulaylik yaratish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
Umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln soʻm boʻlgan 1000 oʻrinli talabalar turar-joyi qurilishi yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.