Namangan muhandislik-qurilish institutida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida o'quv seminari o'tkazildi
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Botirali Pirmatov, institut rektori maslahatchisi Abdurahmon Shokirov, Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisasi Sohiba Atamirzayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Dadajon Dadabayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari, Yangi Namangan IIB masʼul xodimlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat bo'limi xodimlari hamda MKK fakulteti talaba-qizlari ishtirokida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!" mavzusida o‘quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminar davomida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida mutaxassislarning chiqishlari tinglandi.
Tadbir yakunida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida chellenj uyushtirildi.