Namangan muhandislik-qurilish instituti va 35-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida hamkorlik tashrifi
Namangan Muhandislik Qurilish Instituti " Sanoatni axborotlashtirish" fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi dotsenti Z.Qodirov, katta o'qituvchilar G.Inamova, E.Imamnazarov, stajyor o'qituvchilar M.O'rmonov va I.G'ofurjanovlar tashabbusi bilan Yangiqo'rg'on tumanidagi 35- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi bitiruvchilariga Institutimiz haqida profarientasiya ishlari olib borildi. Qiziqarli suhbat jarayonida bitiruvchilarga institutimiz tarixi, fakultetlar va yo'nalishlar, talabalar uchun yaratilgan mavjud shart- sharoitlar, iqtidorli davlat stipendiatlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
Targ'ibot ishlari bitiruvchi yoshlarga Institumiz haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishga katta yordam berdi va yoshlarda yaxshi taasurotlar qoldirdi.